«Vest Xem» yozda shov-shuvli transferlarni amalga oshirmoqchi

«Vest Xem» texnik direktori Tim Shtaydten o‘z klubi muxlislariga yozgi transferlar borasidagi rejalarini bayon qildi.

«Vest Xem» shu yoz boshida «Palmeyras»dan 25,5 million funt sterling evaziga qanot himoyachisi Luis Gilyermeni olib kelgan muhim shartnomani amalga oshirdi, ammo bu hali boshlanishi.

«Vest Xem» moliyaviy feyr-pley qoidalari ostida emas va o‘tgan yozda Deklan Raysni «Arsenal»ga sotishdan tushgan 105 million funt sterlingni hali to‘liq sarflamagan, shuning uchun Shtaydten «bolg‘achilar»ning yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bilan yaqindan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.

«Rahbariyat va xo‘jayinlar so‘nggi bir necha yil ichida yaxshi ish qildi. Men sizga aniq pozisiyalar yoki o‘yinchilarning ismlarini ayta olmayman, ammo bu barchamiz uchun shov-shuvli yoz bo‘lishi aniq.

Jamoa tarkibi haqida gap ketganda, Xulen bilan munosabatim katta ahamiyatga ega, biz deyarli har kuni gaplashamiz, ayniqsa biz izlayotgan profillar haqida», – dedi Shteydten Daily Mail bilan suhbatda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter