Sport vaziri sohani rivojlantirishga doir taqdimotlar bilan tanishdi

Bugun Sport vaziri Adkham Ikramov huzurida Ichki audit va nazorat boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar hamda Sport vazirligining 2025 yildagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha loyihalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

Xususan, jismoniy tayyorgarlik sport sinovlari maxsus talablarini bajargan umumta’lim maktablari o‘quvchilariga forma va ko‘krak nishonlarini yetkazib berish holati bo‘yicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, xususiy tadbirkorlar tomonidan tashabbus qilinayotgan davlat-xususiy sheriklik loyiha takliflari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimot davomida mazkur loyihalar bo‘yicha erishiladigan ko‘rsatkichlar, yangidan tashkil etiladigan sport ob’ektlari va yaratilayotgan ish o‘rinlari bo‘yicha batafsil axborot berildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter