Qozog‘iston turizm va sport vaziri lavozimidan ozod etildi

Bunga Qozoziston terma jamoasining Parij-2024 Olimpiadasidagi qoniqarsiz ishtiroki sabab bo‘ldi.

Mamlakat prezidenti Kasim-Jomart Tokayev Farmoni bilan Qozog‘iston turizm va sport vaziri Yermek Marjikpayev vazifasidan iste’foga chiqarildi. Marjikpayev ushbu lavozimga 2023 yilning sentyabr oyida tayinlangan edi. 

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston sport delegasiyasi Parij-2024 Olimpiadasida 1 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan 206 davlat orasida umumjamoa hisobida  43-o‘rinni egallagandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter