Shaxmatchi yoshlarimiz Gruziyada kuchlilar bilan bahslashmoqda

Gruziyaning Batumi shahrida 8, 10 va 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi.

36 ta davlatning 300 nafarga yaqin shaxmatchi yoshlari ishtirok etgan chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Kamoliddin Ma’murov, Muzaffarjon Abdurasulov, Muhammadziyo Olimjonov 12 yoshli o‘g‘il bolalar bahsida, Amelina Gimranova va Husnoraxon Husnitdinova 10 yoshli qizlar, Zarina Larina 8 yoshli qizlar musobaqasida o‘z omadini sinovdan o‘tkazdi.

10 yoshli qiz bolalar musobaqasining “A” guruhida dona surgan H.Husnitdinova 4 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar hisobiga 7-o‘rinni, 12 yoshli o‘g‘il bolalar o‘rtasida “B” guruhida dona surgan Muzaffarjon Abdurasulov va Olimjonov 4 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar hisobiga 12- va 13-o‘rinlarni egallashdi.

8 yoshli qizlar musobaqasida g‘oliblik uchun kurash olib borgan iste’dodli shaxmatchi qizimiz Zarina Larina 5-turgacha 2-o‘rinni egallab kelayotgan edi. Ammo 6-turda durang natija qayd etishi, 7-turda qora donalarda raqibiga imkoniyatni boy berishi Zarinani 4 ochko jamg‘argan holda 7-o‘rin bilan kifoyalanishiga olib keldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter