«Atletiko» 65 mln yevrolik katta transferga yaqin turibdi
«Tottenxem» markaziy himoyachisi Kristian Romero Madridning «Atletiko» klubiga o‘tishi mumkin.
Argentinalik futbolchini anchadan beri Madridga ko‘chib o‘tish bilan bog‘lashmoqda va endi klublar haqiqatan ham kelishuvga yaqin ko‘rinmoqda. AlbicelesteTalk xabariga ko‘ra, tomonlar kelishuv shartlarini deyarli kelishib olishgan: «matraschilar» 27 yoshli futbolchining transferi uchun taxminan 55 million yevro va 10 million bonus to‘laydi.
Transfermarkt ekspertlari Kristian Romeroning narxini 50 mln yevroga baholamoqda. Futbolchining «shporlar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/