«Tottenxem» markaziy himoyachisining jarohati jiddiy emas

«Tottenxem» markaziy himoyachisi Kristian Romero safga qaytishga yaqin turibdi.

Argentinalik futbolchi «shporlar»ning yaqinda «Everton»ga (2:1) qarshi o‘yinida jarohat tufayli tanaffusda almashtirildi.

Standard Sport xabariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchining jarohati unchalik jiddiy emas edi – u 28 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi «Brayton»ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lishi kerak.

Kristian Romero joriy Premyer-ligada «Tottenxem» safida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter