«Tottenxem» himoyachisi kubok yutmoqchi

«Tottenxem» markaziy himoyachisi Kristian Romero jamoasi uzoq kutilgan sovrinni qo‘lga kiritishiga umid qilmoqda.

«Shporlar» shanba kuni bo‘lib o‘tgan Premyer-liga bahsida «Everton»ni mag‘lub etib, «irislar» darvozasiga javobsiz to‘rtta gol urdi. Romero gollardan birini kiritdi.

“Mening maqsadim kubok yutish uchun harakat qilish. Men har kuni ertalab jamoadoshlarimga SMS yozib, maqsadlarimizgi eslatishga harakat qilaman. O‘ylaymanki, bizni ajoyib mavsum kutmoqda», – deya argentinalik futbolchining so‘zlarini keltiradi ingliz manbalari.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter