«Roma»ning argentinalik yulduzi jamoadan ketmoqda
«Roma» yarim himoyachisi Leandro Paredes professional faoliyati boshlangan klubga qaytish arafasida.
Argentinaning Ole nashri xabariga ko‘ra, 30 iyun kuni futbolchi rasman «Boka Xuniors» futbolchisiga aylanadi. Tomonlar kelishuv shartlarini kelishib olishdi: argentina grandi 30 yoshli xavbek transferi uchun 3,5 million yevro to‘laydi, Paredesning o‘zi esa 3,5 yillik shartnoma imzolaydi – 2027 yil oxirigacha.
2024/25 yilgi mavsumda Paredes «bo‘rilar» safida barcha musobaqalarda 33 ta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/