«Milan» 3 nafar futbolchi jamoani tark etganini e’lon qildi
«Milan» Joau Feliks, Kayl Uoker va Rikkardo Sottil klubni tark etganini e’lon qildi.
Italiya klubi Joau Feliks, Kayl Uoker va Rikkardo Sottilning ijara shartnomasi muddati yakunlangani sababli klubni tark etganini e’lon qildi. Futbolchilarni klub sotib olmadi.
Feliks 2025 yilning fevralida «Chelsi»dan «Milan»ga o‘tgan edi. U barcha musobaqalarda 21 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uoker qishda milanliklar tomonidan «Manchester Siti»dan ijaraga olingan edi. A Seriyaning 11 o‘yinida o‘ng qanot himoyachisi 1 ta sariq kartochka oldi.
Sottil «Fiorentina»dan ijaraga olindi. U sakkizta o‘yinda maydonga tushib, gol ura olmadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/