Uoker agentlari «Milan»ga futbolchining shartlarini ma’lum qilishdi
«Manchester Siti» va Angliya terma jamoasi himoyachisi Kayl Uoker vakillari «Milan» bilan bog‘lanib, «rossonerilar» rahbariyatiga futbolchining shartnoma talablarini ma’lum qilishdi.
Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, Uoker 2,5 yillik shartnomani xohlaydi. Kayl yiliga 4 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Italiyalik boshliqlar ayni damda futbolchining agenti bilan muzokara olib borishmoqda. Markaziy himoyada ham o‘ynay oladigan o‘ng qanot himoyachisi Manchesterni zudlik bilan tark etib, xorijda o‘ynashni istamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/