Zlatan Ibrahimovich: «Uoker – top futbolchi»

«Milan» rahbariyatida ishlayotgan Zlatan Ibrahimovich «Manchester Siti» himoyachisi Kayl Uokerning transferi haqida gapirdi.

«Uoker – top futbolchi, ajoyib yetakchi. Hozirda ushbu transfer uchun nima qilishimiz mumkinligini tekshirmoqdamiz. Ko‘ramiz, nima bo‘ladi», – deya Ibrahimovich so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Insayderning qayd etishicha, 34 yoshli Uoker yaqin kunlarda «rossonerilar» futbolchisiga aylanishi kerak.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter