Parti bir qarorga keldi

Ganalik yarim himoyachi Tomas Parti Londonning “Arsenal” klubini besh yillik faoliyatidan so‘ng tark etadi.

Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha kelishib olishmagan, shu bois yarim himoyachi klubni erkin agent sifatida tark etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Parti Mikel Arteta jamoasiga 2020 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. «Arsenal»dagi faoliyati davomida u uch marta Premyer-liga kumush medalini qo‘lga kiritgan va 2023 yilda Angliya superkubogini qo‘lga kiritgan.

Avvalroq London klubida Tomas o‘rniga nomzodlar tilga olingandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter