«Chelsi» hujumchini «Yuventus»dan olib ketmoqchi
Turinning «Yuventus» klubida ijara asosida to‘p tepayotgan «PSJ» markaziy hujumchisi Randal Kolo-Muani Angliya Premyer-ligasining top-klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Lequipe xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, fransiyalik hujumchining xizmatlariga Londonning «Chelsi» klubi qiziqish bildirmoqda. «Aristokratlar» vakillari 26 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi borasida Parij grandi bilan muzokaraga kirishdi.
«Yuventus» esa, o‘z navbatida, Kolo-Muanni yana bir mavsumga olib qolishni istamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/