Alonso Ryudigerga nisbatan irqchilik haqoratlariga munosabat bildirdi
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso markaziy himoyachi Antonio Ryudigerning irqiy kamsitilishi bilan bog‘liq voqeaga izoh berdi.
«Pachuka» futbolchilaridan biri yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘yinida «qaymoqranglilar» markaziy himoyachisiga nisbatan irqchilik bilan munosabatda bo‘lgani aytilmoqda.
«Bu nomaqbul, biz Antonioni qo‘llab-quvvatlaymiz. U bizga bu haqda o‘yindan keyin ma’lum qildi. Agar haqiqatan ham shunday bo‘lgan bo‘lsa, FIFA tegishli choralar ko‘rishi kerak. Tergov allaqachon olib borilmoqda,» – deya Alonsoning so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/