Sherki ham «Siti»dagi debyut golini kiritdi
«Manchester Siti»ning yangi a’zosi Rayan Sherki jamoadagi ilk golini nishonladi.
Fransiyalik futbolchi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida «Al-Ayn»ga qarshi o‘yinning 73-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va 89-daqiqada aniq zarba yo‘llab, yakuniy hisobni o‘rnatdi – 6:0. 21 yoshli futbolchining «shaharliklar» safidagi debyut goli uning transferidan keyingi ikkinchi o‘yiniga to‘g‘ri keldi.
Rayan Sherki klublar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanishidan oldin ingliz grandi tomonidan «Lion»dan sotib olingan. Transfer qiymati 36,5 mln yevroni tashkil etgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/