«Yuventus» himoyachisi jamoa uchun debyut golini urdi
«Yuventus» himoyachisi Pyer Kalulu jamoadagi ilk golini urdi.
Futbolchi A Seriyaning 19-turidan o‘rin olgan «Atalanta«ga qarshi o‘yinda (1:1) gol urdi. U 54-daqiqada hisobni ochdi.
Kalyulyu joriy mavsumda «Yuventus» safida barcha turnirlar doirasidagi 25-uchrashuvini o‘tkazdi. Bu 24 yoshli fransiyalik futbolchining mavsumdagi ilk goli bo‘ldi.
Futbolchi mavsum oxirigacha «Yuve»da «Milan»dan ijara asosida o‘ynamoqda. «Keksa sinyora»da shartnomani sotib olish imkoniyati bor. Klub undan foydalanishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/