«Bavariya» «Chelsi» transfer maqsadini ilib ketmoqchi
Dortmundning «Borussiya» klubi vingeri Jeymi Bayno-Gittens yana «Bavariya» e’tiboriga tushdi.
Inglizni o‘tgan yili ham Myunxen klubiga o‘tishi bilan bog‘lashgandi, biroq aniq bir masalaga kelinmadi. Bild xabariga ko‘ra, «Bavariya» yana «asalarilar»ning 20 yoshli futbolchisini nishonga olgan. Germaniya chempionati vakillari dortmundliklarning yosh yulduzi agenti bilan allaqachon aloqa o‘rnatgan.
Jeymi Bayno-Gittensga yaqin vaqtgacha Londonning «Chelsi» klubi asosiy da’vogar bo‘lib kelayotgandi. Futbolchining Transfermarkt portalidagi taxminiy narxi 50 mln yevroni tashkil etadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/