«Chelsi» «Arsenal» transfer maqsadini ilib ketmoqchi

«Leypsig» klubi hujumchisi Benjamin Sheshko faoliyatini Angliya Premyer-ligasining grand klubida davom ettirishi mumkin.

Ben Jeykobs xabariga ko‘ra, 21 yoshli sloveniyalik markaziy hujumchiga «Chelsi» jiddiy qiziqib qolgan. «Aristokratlar» «buqalar» belgilagan 55 million funt tovon pulini to‘lashga tayyor.

Avvalroq, «Arsenal» Sheshko transferini Yevro-2024’gacha hal qilmoqchi ekanligi xabar qilingandi.

Manba: x.com/benjacobs

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter