«Yuventus» APL klublaridan kelgan ikki taklifni rad etdi

«Yuventus» APL klublaridan o‘ng qanot himoyachisi Albertu Koshta bo‘yicha 2 ta taklifni rad etdi, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira.

Koshta boshqa jamoalar qiziqish bildirayotganiga qaramay, Turin klubida qolmoqchi.

Avvalroq, Albertuning transferi ustida «Fulxem» va «Brayton» klublari ish olib borayotgani xabar qilingandi.

Koshta «Vitoriya Gimaraes» tarbiyalanuvchisi bo‘lib, u yanvar oyida 12,5 million yevro + 2,5 million bonus evaziga «Yuventus»ga o‘tgan. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter