«Barselona» Rimdan kelgan taklifni rad etdi

«Barselona» «Lasio»ning 19 yoshli hujumchi Vitor Roke bo‘yicha 20 million yevrolik taklifini rad etdi.

Rimliklar futbolchining kelajakdagi sotuvidan tushadigan summaning 50 foizini ham kataloniyaliklarga o‘tkazishga tayyor edi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi braziliyalik hujumchining transferidan 40 million yevro ishlab olmoqchi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter