Due «PSJ»ning kutilmagan mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi
«Pari Sen-Jermen» vingeri Dezire Due klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan «Botafogo»ga qarshi o‘yindagi kutilmagan mag‘lubiyat (0:1) haqida fikr bildirdi.
– Hafsalam pir bo‘ldi. Biz istagan natijaga erishmadik. Bizda yetarlicha vaziyatlar bo‘ldi, ammo sovuqqonlik yetishmadi. Raqib yaratganlarining deyarli barchasidan foydalandi, biz esa yo‘q,» – deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Le Parisien.
Due muvaffaqiyatsizlikka uchraganiga qaramay, jamoaning kuchiga ishonchini saqlab qoladi:
– Bunday mag‘lubiyatlar – katta klublar yo‘lining bir qismi. Ular o‘zimizga kelishga yordam beradi. Turnir biz uchun tugamadi. Oldinda yana bir o‘yin bor – va biz g‘alaba qozonishimiz shart,» – deya qo‘shimcha qildi futbolchi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/