«Arsenal» o‘z futbolchisi bilan xayrlashishga moyil
«Arsenal» tez orada muhim futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin.
Gap yarim himoyachi Tomas Parti haqida ketmoqda. Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «kanonirlar» allaqachon Parti bilan bir necha bor muzokaralar olib borishgan, ammo kelishuvga erishilmagan.
Shu tariqa, Tomas 1 iyuldayoq erkin agent maqomiga ega bo‘lishi mumkin.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/