Kivu «Inter» bosh murabbiylar 2016 yildan beri qayd etmagan natija bilan boshladi

Milanning «Inter» klubi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi 1-turida Meksikaning «Monterrey» jamoasini mag‘lub eta olmadi – 1:1.

Opta xabariga ko‘ra, Kivu 2016 yilning noyabridan beri «Inter» bosh murabbiyi sifatida tayinlanganidan keyin debyut o‘yinida g‘alaba qozona olmagan birinchi murabbiy bo‘ldi. To‘qqiz yil oldin Stefano Pioli bilan shunday bo‘lgandi – o‘shanda «Milan» bilan derbida 2:2 hisobi qayd etilgandi.

Kristian Kivu Chempionlar Ligasi finalidagi mag‘lubiyatdan bir necha kun o‘tib Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasiga ketgan «Inter» bosh murabbiyi Simone Indzagining o‘rnini egalladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter