Xerardo Martino «Inter Mayami»ning bugungi mag‘lubiyatiga izoh berdi

«Inter Mayami» bosh murabbiyi Xerardo Martino KONKAKAF Chempionlar kubogi 1/4 finalining ikkinchi o‘yinida «Monterrey»dan uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirdi.

Uchrashuv 11 aprel kuni Monterreydagi «BBVA Bancomer» stadionida bo‘lib o‘tdi va mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi (3:1). Dastlabki bahsda ham Fernando Ortis shogirdlari 2:1 hisobida zafar quchgandi.

«Bugungi mag‘lubiyat bizni ushbu musobaqada keyingi kurashga umidimizdan mahrum qildi. Birinchi o‘yinda «Monterrey»ga qarshi yaxshi o‘ynagandik va bu o‘yinda Berterame gol urmaguncha ko‘p harakat qildik”, dedi Martino.

«Inter Mayami» KONKAKAF Chempionlar Kubogidan chiqarib yuborildi. «Monterrey» turnirning nimchorak finalida “Kolumbus Kryu” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter