Sancho faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin

«Manchester Yunayted» vingeri Jeydon Sancho «Napoli» qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Angliyalik futbolchi o‘tgan mavsumni ijara asosida «Chelsi»da o‘tkazdi. Bitim sotib olish majburiyatini o‘z ichiga olgan, ammo «ko‘klar» transferdan voz kechib, «qizil iblislar»ga jarima to‘lagan. Taniqli insayder Janluka di Marsioning ma’lum qilishicha, 25 yoshli futbolchiga «Napoli» da’vogarlik qilmoqda. Italiya chempioni allaqachon shartnoma imzolash ustida ishlamoqda.

Xabaringiz bor, «Manchester Yunayted» Jeydon Sanchoga umid bog‘lamayapti. Transfermarkt portali futbolchining narxini 28 mln yevroga baholamoqda. Avvalroq, vingerga «Bayer» va Dortmundning «Borussiya» klublari qiziqish bildirayotgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter