«Vest Xem» va APLning yana 5 klubi Duranni o‘z safiga qo‘shib olish uchun da’vogarlik qilmoqda
«Vest Xem» Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi forvardi Jon Duranning ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi. «Bolg‘achilar» kolumbiyalikning energiyasi va gol urish instinktini yuqori baholashadi.
Avvalroq «Aston Villa» safida to‘p tepgan 21 yoshli Duran Saudiya Arabistoni chempionatiga moslashishda qiyinchilikka uchradi, deya xabar bermoqda TeamTalk. «An-Nasr» rahbariyati unda katta salohiyat ko‘rmayapti va uning vaqtinchalik ketishini ma’qullashga tayyor. Unga «Vest Xem»dan tashqari Angliya chempionatining yana 5 klubi, jumladan, «Vulverxempton» va «Fulxem» da’vogarlik qilmoqda.
O‘tgan mavsumda Duran 2 ta klub safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urgan («An-Nasr» safida 18 ta o‘yin va 12 ta gol). Transfermarkt portali futbolchini 35 million dollarga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/