«Real» APL klubi hujumchisi uchun kurashadi

Madridning «Real» klubi «Aston Villa» hujumchisi Jon Duranga ko‘z tikdi.

«Qirollik klubi» allaqachon boshqa top-klublar qatori kolumbiyalik futbolchiga da’vogarlar qatoridan joy olgan. Jurnalist Santi Aunaning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, La Liga gigantlari endi Duranni sotib olish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. 21 yoshli futbolchiga «PSJ» ham qiziqish bildirmoqda. Ammo yosh forvard Saudiya Arabistoniga o‘tish variantini afzal ko‘rishi mumkin – uni «An-Nasr» o‘z safida kutmoqda.

Avvalroq, «Vest Xem» Jon Dyuran uchun deyarli 70 million yevro taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi, ammo «Aston Villa» o‘sib borayotgan yulduzni qo‘yib yuborishdan bosh tortdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter