Garnachoga uchta ingliz klubi qiziqish bildirmoqda

«Manchester Yunayted» vingeri Alexandro Garnacho Angliya Premyer-ligasining boshqa klubiga o‘tishi mumkin.

«Qizil iblislar» yozda argentinalik futbolchi bo‘yicha takliflarni eshitishga tayyor. Jurnalist Saymon Jonsning yozishicha, Garnachoni «Chelsi,» «Aston Villa» va «Tottenxem» klublari o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, 20 yoshli futbolchiga Italiyaning «Napoli» klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Alexandro Garnachoning Transfermarkt bahosiga ko‘ra, narxi 45 mln yevroga teng. Futbolchining «Manchester Yunayted» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter