«Barselona» yozda «MYU» futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin
«Manchester Yunayted» vingeri Alexandro Garnachoga «Barselona» qiziqish bildirmoqda. Argentinalik futbolchining kelajagi noaniqligicha qolmoqda: u qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin edi, biroq da’vogarlarning hech biri “qizil iblislar”ning iltimosini qondira olmadi.
Transfer News Live nashri xabar berishicha, yozda «Barselona» Garnacho uchun kurashga qo‘shilishi mumkin. Kataloniya grandi vaziyatdan unumli foydalanib, 20 yoshli futbolchini «mankunianliklar» safini tark etishga ko‘ndirishga umid qilmoqda.
Transfermarkt Alexandro Garnachoning narxini 50 million yevroga baholagan. Yosh futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/