Rasman! “Man Siti” yangi himoyachi sotib oldi

Rayan Ait-Nuri “Manchester Siti” futbolchisiga aylandi.

“Shaharliklar” himoyachining transferi va u bilan 2030 yilning yoziga qadar shartnoma imzolangani haqida xabar berishdi.

«Vulverxempton» 24 yoshli futbolchi uchun 40 million yevro olishi xabar qilingandi.

Ait-Nuri 2020/21 yilgi mavsumdan beri Premyer-ligada o‘ynamoqda. U chempionatda 135 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan (o‘tgan mavsumda 7 ta).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter