«Arsenal»ning ilk taklifi rad etildi
«Arsenal» «Vulverxempton»ning chap qanot himoyachisi Rayan Ait-Nuri uchun birinchi taklif bilan chiqdi, ammo u rad etildi.
«Bo‘rilar» «kanonirlar» taklif qilganidan ko‘proq pul olishni rejalashtirmoqda. Ait-Nuri uchun “Chelsi” va “Liverpul” ham kurash olib borishi xabar qilingan.
Oldinroq, agar Zinchenko uzoq vaqtga safdan chiqsa, «Arsenal» yana bir chap qanot himoyachisini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqishi ma’lum bo‘lgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/