«Barselona» himoyachisi faoliyatini Premer-ligada davom ettirishi mumkin

«Vulverxempton» «Barselona»ning 23 yoshli himoyachisi Jerar Martinga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi ispaniyalik futbolchini 12 million yevrolik taklif tushsa, qo‘yib yuborishga tayyor. Futbolchining o‘zi «ko‘k-anorranglilar»da qolishni istamoqda, ammo «Vulverxempton» maoshini sezilarli darajada oshirishga va uzoq muddatli shartnoma taklif qilishga qodir.

O‘tgan mavsumda Martin barcha turnirlarda 42ta o‘yinda qatnashib, bitta gol va 6ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter