Kyeza: «Liverpul»da qolish varianti menga juda mos keladi»
Federiko Kyeza «Liverpul»ni tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi va kelajakdagi faoliyati bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini bildirdi.
Mavsum tugadi va men hammasini yana boshdan kechirishim mumkinligini his qilyapman. Yaqin orada kelajagimni klub rahbariyati, agentim va oilam bilan muhokama qilamiz.
«Liverpul»da qolish varianti menga juda mos keladi», dedi 27 yoshli italiyalik.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/