Premyer-liga klubi Kyeza uchun kurashga qo‘shildi
«Yuventus» vingeri Federiko Kyeza transfer mish-mishlari mavzusi bo‘lib qolmoqda. Matbuot 26 yoshli futbolchini ko‘plab klublar bilan faol bog‘lamoqda. Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, «Aston Villa» Kyeza uchun kurashga qo‘shildi.
Birmingem klubi allaqachon futbolchi vakillariga qiziq taklif bilan murojaat qilgan. Aytish joizki, “Aston Villa” kelasi mavsumda Chempionlar ligasida Angliya sharafini himoya qiladi.
Birmingem jamoasi Premyer-ligada to‘rtinchi o‘rinni egallab, qit’aning asosiy klublar turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/