«Manchester Siti»ning sobiq futbolchisi: «Afrika kubogi – juda og‘ir turnir»

«Manchester Siti» va Zimbabve terma jamoasining sobiq futbolchisi Benjani Mvaruvari Rossiya terma jamoasining Afrika Millatlar Kubogidagi bo‘lajak ishtirokini muhokama qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Valeriy Karpin shogirdlari ushbu turnirda qiyinchilikka uchraydi.

«Afrika kubogi – juda og‘ir turnir. Ko‘p kurash, qarshilik, bunday faol muhitda kamida 4-5 o‘yin o‘ynash odamni juda charchatadi.

Men Yevropa va Afrika turnirlarini solishtirdim. Bizda butunlay boshqa energiya bor. Rossiyaga qiyin bo‘ladi», – deya Mvaruvarining so‘zlarini keltirmoqda «Sovetskiy sport».

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter