Due Ronaldu va Beylning natijasini takrorladi
«PSJ»ning hujumkor yarim himoyachisi Dezire Due super yulduzga aylanmoqda.
19 yoshli futbolchi Chempionlar ligasi finalida Milanning “Inter”iga qarshi o‘yinda ikkita gol urdi va Ashraf Hakimiyga ham assistentlik qildi.
Squawka xabariga ko‘ra, fransuz 21-asrdagi eng nufuzli yevrokuboklar finalida dubl qayd etgan Ernan Krespo, Filippo Indzagi, Diyego Milito, Krishtianu Ronaldu va Garet Beyldan keyin oltinchi futbolchi bo‘ldi.
Due zamonaviy tarixdagi ushbu yutuqning eng yosh muallifi ekanligi ham diqqatga sazovor.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/