Foden Runining natijasini takrorladi

Angliyalik futbolchilar so‘nggi 15 yil ichida ilk bor klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida gol urdi.

Fil Foden o‘yinning 72-daqiqasida “Fluminense” darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni yiriklashtirdi – 3:0.

Opta ta’kidlaganidek, ko‘p qirrali «shaharliklar» yarim himoyachisi 2008 yildan beri klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida gol urgan birinchi ingliz futbolchisiga aylandi.

2008 yilda buni o‘sha paytdagi «Manchester Yunayted» hujumchisi UYEyn Runi amalga oshirgandi va u «Kito» bilan uchrashuvda o‘z nomini tabloga yozdirgan.

E’tiborlisi, Runi o‘sha paytda xuddi hozirgi Foden kabi 23 yoshda edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter