Fransiyada eng yaxshilar aniqlandi
«PSJ» vakillari mavsum yakunlariga ko‘ra bir nechta sovrinlarni qo‘lga kiritishdi.
Professional futbolchilar milliy ittifoqi (UNFP) tomonidan Fransiyada faoliyat yuritayotgan yoki xorijda faoliyat yuritayotgan eng yaxshi futbolchilar, murabbiylar, hakamlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Liga 1’ning eng yaxshi futbolchisi deb «PSJ» a’zosi Usmon Dembele, asosiy umid – uning sherigi Dezire Due, eng yaxshi darvozabon – «Lill» a’zosi Lyuka ShevalYE, eng yaxshi murabbiy – «PSJ» ustozi Luis Enrike, xorijdagi eng yaxshi fransuz futbolchisi – «Real» a’zosi Kilian Mbappe topildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/