Bugungi o‘yindan keyin muxlislar «MYU»ga nisbatan hushtakbozlik qilishdi
«Manchester Yunayted» o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng hushtakbozlikka duch keldi.
Ruben Amorim shogirdlari Malayziyada Janubiy-SHarqiy Osiyo yulduzlaridan iborat jamoaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
ESPN nashri yozishicha, «mankunianliklar»ning o‘yinidan norozi bo‘lgan muxlislar final hushtagidan so‘ng hushtakbozlik qilishdi.
«Manchester Yunayted» 2022 yildan beri ilk bor mavsumni sovrinsiz yakunladi. Klub Premyer-ligada 15-o‘rinni egalladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/