«Milan» Teo Ernandes o‘rniga «Barselona»ning sobiq futbolchisini olib kelishi mumkin
«Lids»ning chap qanot himoyachisi Junior Firpo «Milan» radariga tushib qoldi.
«Rossonerilar» yaqinlashib kelayotgan transferlar davrida katta ehtimol bilan sotiladigan Teo Ernandesga o‘rinbosar qidirmoqda. Football Italia xabariga ko‘ra, «Milan»ning qiziqishlar ro‘yxatida Firpo ham bor, klub bungacha ham unga ko‘z tikib kelgan. «Barselona»ning 28 yoshli sobiq futbolchisi erkin agent sifatida jamoaga o‘ta oladi – uning «tovuslar» bilan shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi.
Junior Firpo Chempionshipning 32 ta o‘yinida to‘rtta gol urdi va o‘nta golli uzatmani amalga oshirdi. «Lids» birinchi o‘rinni egalladi va Premyer-ligaga qaytdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/