Fernandesh «Manchester Yunayted»dagi kelajagi borasida fikr bildirdi
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh mankunianliklar jamoasidagi kelajagi haqida gapirdi.
«Klubning o‘zi mendan voz kechmaguncha «MYU»da bo‘laman. Jamoamizning yorug‘ kunlari kelishi uchun ishlashda davom etishga tayyorman. Futbolda kelajakda nima bo‘lishini bilmaysan. Agar «MYU» mening sotuvimdan pul ishlashni istasa, shunday bo‘lishiga ham roziman,» – deya xavbekning so‘zlarini keltiradi A Bola.
Fernandesh «qizil iblislar» safida 2020 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. 30 yoshli futbolchining «MYU» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Uning bozor narxi – 55 million yevro.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/