Fernandesh «Manchester Yunayted» hujum chizig‘iga nima yetishmayotganini aytdi

Brunu Fernandeshning fikricha, «Manchester Yunayted»ga hujumda tajovuzkorlik yetishmayapti.

Mankunianliklar sardori APL doirasidagi «Ipsvich»ga (3:2) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Vaziyat shunday. Bizda muammolar bor, eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatmayapmiz. Standartlardan keyin ikki marta gol urdik va o‘yinni nazorat qildik. Bizga hujumda agressiya yetishmayapti.

Vaqti kelib hammasi joyiga tushadi. G‘alaba qozonsang, jasurlashib boraverasan. O‘zimizning eng yaxshi fazilatlarimizni ko‘rsatish uchun dadilroq bo‘lishimiz kerak,» – dedi Fernandesh.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter