«Real» markaziy himoyaga yana bir futbolchi olib keladi
Madridning «Real» klubi xo‘jayinlari yozgi transferlar vaqtida jamoa himoya chizig‘ini jiddiy kuchaytirmoqchi. Marca nashri xabariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» Din Xeysenni o‘z safiga qo‘shib olish bilan cheklanib qolmaydi va yana bir markaziy himoyachi sotib olishni istamoqda.
«Qirollik klubi» a’zolari David Alaba, Antonio Ryudiger va Eder Militaoga ishonch bildirish mumkinligiga shubha qilishmoqda. Bu futbolchilar jarohatlarga moil bo‘lib, hozirda «Real» lazaretida davolanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kelasi mavsumdan Madrid jamoasiga ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso ustozlik qiladi. U «qirollik klubi» boshqaruvida italiyalik Karlo Anchelottining o‘rnini egallaydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/