«Liverpul» «Real»ni tanlagan Xeysenga muqobil variant topdi

«Liverpul» klubi «Real» Din Xeysenni transfer qilishni muvaffaqiyatli yakunlasa, boshqa markaziy himoyachi variantiga o‘tishga tayyor.

«Bornmut»ning 20 yoshli futbolchisi allaqachon «qaymoqranglilar»ga rozilik bergan, klublar transfer shartlari bo‘yicha ham kelishib olishgan. Anfield Watch xabariga ko‘ra, agar Xyoysen bilan bog‘liq vaziyatda hech narsa o‘zgarmasa, «Liverpul» «Benfika»dan Tomas Arauju nomzodiga o‘tadi.

22 yoshli portugaliyalikning shartnomasida (16 may kuni 23 yoshni qarshilaydi) 80 mln yevro tovon puli belgilangan. Futbolchiga «PSJ,» «Manchester Yunayted» va «Chelsi» klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Transfermarkt portali Arauxoning narxini 32 mln yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter