«Yuventus» himoyachisi diskvalifikasiya qilindi
Turinning «Yuventus» klubi himoyachisi Pyer Kalyulu mavsum yakuniga qadar «byankonerilar» safida boshqa o‘ynamaydi. Kalyulyu A Seriyaning 36-turida «Lasio»ga qarshi o‘yinda maydondan chetlatilgani uchun ikki o‘yinga diskvalifikasiya qilindi. Eslatib o‘tamiz, fransiyalik futbolchi o‘yinning 60-daqiqasida (1:1) maydonni tark etdi.
Shu tariqa, «Yuventus» qolgan 37 va 38-turlarda ham Kalyulyudan foydalana olmaydi. Mavsum yakuniga qadar turinliklar «Udineze» va «Venesiya» bilan o‘ynaydi.
Ayni paytda «Yuventus» to‘rtinchi o‘rinda va 64 ochkoga ega, bu Chempionlar Ligasiga kirish zonasi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/