«Yuventus» himoyachisi jarohat oldi
Pyer Kalulu Chempionlar ligasi o‘yinida jarohat oldi.
«Yuventus» himoyachisi «Benfika»ga qarshi o‘yinda sog‘lig‘ida muammolarga duch keldi. Uning mushak jarohati borligi taxmin qilinmoqda.
16-daqiqada «Milan»dan ijaraga olingan fransuz o‘rniga yarim himoyachi Manuel Lokatelli maydonga tushdi.
Kalyulyu joriy mavsum A Seriyada 19 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/