Shaskix «Andijon»ni boshqaradi
Sobiq futbolchi va hozirda murabbiylik faoliyatini boshlagan Maksim Shaskix «Andijon» klubini boshqaradi, deb yozadi «Dinamomania».
O‘tgan mavsumda klub O‘zbekiston Superligasida 9-o‘rinni egallagandi. “Andijon” mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi, shuning uchun u Osiyo Chempionlar Ligasi 2 turnirida ishtirok etadi.
46 yoshli Shaskix “Paxtakor”da 2022 yilning iyunidan buyon ishlab kelmoqda: avvaliga sport direktori, keyin 1,5 yil bosh murabbiy, hozir esa sport koordinatori.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/