Jonatan Ta «Manchester Yunayted»ga o‘tishga tayyor, faqat…
«Bayer» markaziy himoyachisi Jonatan Ta «Manchester Yunayted»ga o‘tishdan voz kechgani yo‘q.
29 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun Myunxenning «Bavariya» klubi favorit sanaladi, «Barselona» ham kurashda. Jurnalist Jeremi Krossning so‘zlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» mavsum yakunlanganidan keyin erkin agentga aylanadigan Tani o‘z safiga qo‘shib olishdan umidvor. Nemis uzoq vaqtdan beri o‘zini Premyer-ligada sinab ko‘rishni orzu qilgan va agar u «qizil iblislar» Yevropa ligasida g‘olib chiqib, keyingi Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritsa, ular bilan muzokara o‘tkazishdan xursand bo‘lardi.
Ruben Amorim shogirdlari Yevropa ligasi finalida «Tottenxem» bilan o‘ynaydi. O‘yin 21 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/