Nevill Arteta haqida: «5 yil ichida sovrin yutolmaslik va Premyer-liga jamoasining bosh murabbiyi bo‘lib qolish…»

Gari Nevill Mikel Artetaning «Arsenal»dagi ishiga baho berdi.

APLning 36-turida “Arsenal” “Liverpul” bilan durang o‘ynadi (2:2).

«Besh yil ichida sovrin yutolmay, Premyer-liga jamoasining bosh murabbiyi bo‘lib qolish – bu katta yutuq. Biz bunday sabr-toqatga yo‘l qo‘yilgan vaqtlar o‘tib ketdi deb o‘ylagandik. Menimcha, bu yaxshi, chunki, qoida tariqasida, menejer bosim ostida. Bu taraqqiyotni sezish ma’nosida muhim.

Ular yetti mavsumda bitta hujumchi bilan shartnoma imzolashdi. Jamoa 750 million funt sarflasdi va bitta hujumchi sotib oldi. Bu yetarli emas”, dedi sobiq “Yunayted” futbolchisi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter