Gari Nevill: «Liverpul» joriy mavsumda chempion bo‘lish uchun ulkan imkoniyatga ega»

«Manchester Yunayted» klubi sobiq futbolchisi Gari Nevill Anliya premyer-ligasining joriy mavsumida «Liverpul» chempionlik uchun yaxshi imkoniyatga ega ekanini aytib o‘tdi.

«O‘yindan oldin tayyorlagan materialimizda «Liverpul» safida 3 anfar jahon darajasidagi o‘yinchi borligini aytgandik. Ular: Alison Beker, Virjil van Deyk va Muhammad Saloh. Van Deyk safga qaytdi hadma so‘nggi 1-2 davomida o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish etmoqda. Alisson esa jahonning eng yaxshi darvozaboni.

Salohning statistikasi esa u maydonda namoyish etayotgan o‘yinga to‘la mos keladi. Har yili u erishayotgan natijalar aqlbovar qilmas darajada bo‘lmoqda. Agar mazkur 3 futbolchi o‘zinig yaxshi formasini saqlab qolsa, jamoa Klopp qo‘l ostida sovrinni qo‘lga kiritish uchun katta imkoniyatga ega. Ammo Salohning bir oy davomida «Liverpul» safida bo‘lmasligi — jamoa uchun katta yo‘qotish», – dedi Nevill.

Ayni paytda «Liverpul» 45 ochko bilan APL jadvalini boshqarmoqda. Jamoa ikkinchi o‘rindagi «Aston Villa»dan 3 ochkoga, 3-o‘rindagi «Manchester Siti»dan 5 ochkoga oldinda bormoqda. Ammo «shaharliklar» hisobida bitta zaxira o‘yini mavjud.

Manba: championat.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter